23:47 / 30.07.2021
3422
Berlinda noma'lum shaxs to‘rt kishiga jarohat yetkazdi

Ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlardan biriga o‘q uzilgan, yana biri pichoqlangan, uchinchisi boshidan jarohatlangan, to‘rtinchisi qanday jarohatlangani noma'lum.

Foto: spreepicture

Berlinning Vedding rayonida noma'lum shaxs hujumi oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Bild nashri.

Nashrning yozishicha, uch erkak va bir ayol yaralangan. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlardan biriga o‘q uzilgan, yana biri pichoqlangan, uchinchisi boshidan jarohatlangan, to‘rtinchisi qanday jarohatlangani noma'lum. Jinoyatchi qochib ketgan.

Politsiya hujum qilgan shaxsni qidirmoqda. 

Hodisa Kurt-Shumaxer-Plats metro stansiyasi yaqinida ro‘y bergani aytilmoqda.

Top