Mamlakatning Berlindagi elçixonasida Germaniya-Özbekiston II xalqaro tibbiyot forumi doirasida tadbir ötkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Unda Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri vazifasini bajaruvçi Asilbek Xudoyorov boşçiligidagi mamlakat delegatsiyasi, Germaniya Federal soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyati va mas’ullari va oliy öquv yurtlari, xususiy klinikalar, yirik kompaniyalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Asilbek Xudoyorov, Germaniya Federal soğliqni saqlaş vazirligi davlat kotibi Tomas Şteffen, Germaniya iqtisodiyoti Şarqiy qömitasi prezidiumi a’zosi, professor Klaus Mangold öz çiqişida Özbekiston-Germaniya II xalqaro tibbiyot forumi mamlakatlar örtasidagi uzoq yillik özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi barobarida soğliqni saqlaş sohasidagi umumiy ustuvor vazifalar böyiça istiqbolli loyihalarni belgilaş va tibbiyot muassasalari örtasida aniq kelişuvlarga erişiş imkoniyatini yaratişini qayd etdi.
Bundan taşqari, onkologiya, şoşilinç tibbiy yordam, tibbiyot xodimlari - hamşira va feldşerlarni Germaniyaga işga jalb qiliş kabi yönalişlar böyiça hamkorlik ikki tomonlama manfaatli bölişi qayd etildi.
Tadbir sönggida taşkilotçilar Özbekiston-Germaniya II xalqaro tibbiyot forumi işiga muvaffaqiyat tiladi.












