07:49 / 31.07.2021
6587

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2021-2022 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

Test sinovlari 5 avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4 avgust sanasiga qadar yuklab olish so‘ralmoqda.

Abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim. Pasport (ID karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Top