09:40 / 04.08.2021
10660

Kuvaytda dunyodagi eng yirik pokrishkalar chiqindixonasida yong‘in yuz berdi

Kuvaytda maydoni 600 ming kvadrat metrni tashkil qiluvchi, dunyodagi eng yirik pokrishkalar chiqindixonasida yong‘in yuz berdi.

Chiqindixona Sulabiya shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, ayni vaqtda u yerdagi yong‘in maydoni uncha katta emas. Biroq u mamlakatga ekologik falokat bilan xavf solmoqda.

Chiqindixonada umumiy hisobda 52 milliontaga yaqin ishlatilgan avtomobil pokrishkasi saqlanadi.

Yong‘in 3 avgustda boshlangani, yonayotgan shinalardan chiqayotgan zaharli qora quyuq tutunni uzoqdan ko‘rish mumkinligi ma'lum qilingan.

Kuvaytning atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqarmasi chiqindixonada 30 yildan beri saqlanib kelinayotgan pokrishkalarni utilizatsiya qilish masalasi ustida bosh qotirmoqda. Chiqindixonada ba'zi-ba'zida yong‘inlar chiqib turadi va o‘t o‘chiruvchilar ularni tezlikda o‘chirishlariga to‘g‘ri keladi.

Top