09:48 / 14.08.2021
4715

Qoraqalpog‘istondagi 17 nafar hokim qaysi turdagi vaksinani olishgan?

Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida 17 nafar hokim faoliyat olib boradi. Xo‘sh, Qoraqalpog‘istonda hokimlar vaksina olganmi? Kun.uz muxbiri mana shu rahbarlarning koronavirusga qarshi emlangani yuzasidan surishtiruv olib bordi.

Amudaryo tumani. Tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev 10 iyul sanasida ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Shu kuni hokimlikning boshqa xodimlari ham emlangan. Kun.uz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, hozirda Sultonboy Yo‘ldashev ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining ikkinchi dozasini ham qabul qilgan.

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yo‘ldashev

Beruniy tumani. Tuman hokimi Atabek Saparbayev ham 17 iyul kuni emlangan. Hokim Xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, iyul oyida hokimlik xodimlari ham to‘liq emlangan.

Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev

To‘rtko‘l tumani. Tuman hokimi Rustam Shamuratov to‘liq emlangan. Hokimlikning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, iyun-iyul oylari davomida hokim «Sputnik V» vaksinasi bilan to‘liq emlangan.

To‘rtko‘l tumani hokimi Rustam Shamuratov

Shumanay tumani. Tuman hokimi Bahadir Yangibayev hozirgi kunda allergiyaga qarshi davolanayotgani sababli vaksina qabul qilmagan. Davolanish tugagandan so‘ng ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Shumanay tumani hokimi Baxadir Yangibayev

Chimboy tumani. Tuman hokimi Aybek Tajyetdinov to‘liq emlangan. Hokim «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini 17 iyul kuni, ikkinchi dozani esa 7 avgust kuni qabul qilgan.

Chimboy tumani hokimi Aybek Tajyetdinov

Kegeyli tumani. Tuman hokimi Dao‘letbay Utemuratov to‘liq emlangan. Hokim «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini 10 iyun kuni, ikkinchi dozani esa 1 iyul kuni qabul qilgan. Shu kuni Qoraqalpog‘iston SSV tomonidan emlangani haqida sertifikat berilgan.

Kegeyli tumani hokimi  Davletbay Utemuratov

Mo‘ynoq tumani. Tuman hokimi Yerpolat Yedenbayev yarim emlangan. U 9 avgust kuni ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Hokimlikning boshqa xodimlari esa 6 iyul kuni emlangan.

Mo‘ynoq tumani hokimi Yerpolat Yedenbayev

Qo‘ng‘irot tumani. Tuman hokimi Qallibek Xalmuratov 13 iyul sanasida «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. 3 avgust sanasida esa «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi dozasini ham qabul qilib, to‘lig‘i bilan emlangan.

Qo‘ng‘irot tumani hokimi Qallibek Xalmuratov

Nukus shahri. Qoraqalpog‘iston poytaxti hokimi Utemurat Panayev yarim emlangan. Hokim iyul oyida «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan.

Nukus shahri hokimi Utemurat Panayev

Qonliko‘l tumani. Tuman hokimi Abu-Bakir Ibragimov «Sputnik V» vaksinasi bilan yarim emlangan. U 30 iyul kuni vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan.

Qonliko‘l tumani hokimi Abu-Bakir Ibragimov

Xo‘jayli tumani. Tuman hokimi Jyengis Yermashev ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi bilan to‘liq emlangan. U iyul-avgust oylarida vaksinaning ikkala dozasini ham qabul qilgan.

Xo‘jayli tumani hokimi Jyengis Yermashev

Taxtako‘pir tumani. Tuman hokimi Jambul Adilov «Sputnik V» vaksinasi bilan to‘liq emlangan. U iyul-avgust oylarida vaksinaning ikkala dozasini ham qabul qilgan.

Taxtako‘pir tumani hokimi Jambul Adilov

Nukus tumani. Tuman hokimi Omirbay Usnatdinov to‘liq emlangan. U iyul-avgust oylarida «Sputnik V» vaksinasining ikkala dozasini ham qabul qilgan.

Nukus tumani hokimi Omirbay Usnatdinov

Qarao‘zak tumani. Tuman hokimi Uzakbergen Utambetov 10 iyun sanasida «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini qabul kilgan. Hokimlikning boshqa xodimlari ham emlangan. Hokim vaksinaning ikkinchi dozasini 2 iyul kuni qabul qilib, to‘liq emlangan.

Qarao‘zak tumani hokimi Uzakbergen Utambetov

Taxiatosh tumani. Tuman hokimi Ilhom Matkarimov to‘liq emlangan. U 10 iyul va 5 avgust kunlari «Sputnik V» vaksinasining ikkala dozasini qabul qilgan.

Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov

Bo‘zatov tumani. Tuman hokimi Mahmud Kaypanov 10 iyul sanasida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi birinchi dozasini qabul qilgan. Joriy yilning 7 iyul kuni hokimlikning boshqa xodimlari ham emlangan.

Bo‘zatov tumani hokimi Mahmud Kaypanov

Ellikqal'a tumani. Tuman hokimi Seydamat Avezov to‘liq emlangan. Hokim «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini 19 iyun kuni, ikkinchi dozani esa 21 iyul kuni qabul qilgan.

Ellikqal'a tumani hokimi Seydamat Avezov

Shuhrat Saidahmadov

Top