22:29 / 02.09.2021
13757
Qirolicha Yelizaveta II ikkita holatda taxtdan voz kechishini aytdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II qanday holatlarda taxtdan voz kechishi mumkinligini aytdi.

Foto: Reuters

Metyu Dennison muallifligidagi “Qirolicha” kitobida Yelizaveta II ikkita holat yuz bermaguncha taxtni tark etmoqchi emasligi aytilgan. “U faqatgina ikkita holatda taxtdan voz kechishi mumkin: Alsgeymer kasalligiga uchrasa yoki insult o‘tkazsa”, deb keltirgan qirolicha so‘zlarini Dennison.

Oxirgi yillarda qirolichaning hayotiga ta'sir ko‘rsatgan ko‘plab hodisalar yuz bergan. Ular orasida turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippning 99 yoshida hayotdan ko‘z yumishi, shahzoda Xarrining o‘z rafiqasi Megan Markl bilan qirollik oilasidan chiqib ketishi, shahzoda Endryu bilan yuz bergan mojarolar bor. Jumladan, shahzoda Endryu balog‘atga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanmoqda.

2022 yilda qirolicha taxtga o‘tirganining 70 yilligi – platina yubileyini nishonlaydi.

Mavzuga oid
Top