Qirolicha Yelizaveta II dafn marosimida O‘zbekiston nomidan Sodiq Safoyev qatnashdi

Foto: Twitter
Qirolicha Yelizaveta Ikkinchining dafn marosimida O‘zbekiston nomidan Cenat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamda O‘zbekistonning qirollikdagi elchisi Said Rustamov ishtirok etdi.
Qirolicha bugun Vindzordagi Avliyo Georgiy butxonasida, turmush o‘rtog‘i yoniga dafn etiladi.
10 kunlik milliy motamni yakunlaydigan Vestministr abbatligida bo‘lib o‘tayotgan marosimda qariyb 2 mingga yaqin kishi hozir bo‘lgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya yangi qiroli Charlz III’ga onasi qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgandi.
«Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi bo‘lib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obro‘ va e’tiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi edi», deyiladi davlat rahbari ta’ziyanomasida.
Yelizaveta II’ning davlat darajasidagi dafn marosimi Buyuk Britaniyada sobiq bosh vazir Uinston Cherchillning 1965 yilda vafotidan keyin birinchi marta o‘tkaziladigan bunday tadbir bo‘ladi. Ular qat’iy xavfsizlik choralari ostida o‘tkazilmoqda. Qirolichaning dafn marosimi kuni Buyuk Britaniyada dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni Shotlandiyaning Balmoralida vafot etdi. Bir necha oy oldin uning Birlashgan Qirollik taxtiga o‘tirganining 70 yilligi nishonlandi. Yelizaveta II bunday uzoq vaqt davomida hukmronlik qilgan birinchi Britaniya monarxi bo‘ldi. U 1952 yil 6 fevralda otasi qirol Georg VI vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan.
Sobiq shahzoda Charlz Buyuk Britaniyaning yangi qiroliga aylandi. U 73 yoshida Charlz III nomi bilan taxtga o‘tirdi. U Britaniya tarixida eng uzoq vaqt davomida Uels shahzodasi va taxt vorisi bo‘lib qoldi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 23:49
-
Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi
Jahon | 23:17
-
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi
Jahon | 22:44
-
Netanyahu: Isroil AQSh taklif qilgan sulhga rozi bo‘lishga tayyor
Jahon | 22:23
Mavzuga oid

16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev

21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi

13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi

10:59 / 07.11.2024