2012 yilda bölib ötgan bu töy köpçilik britaniyaliklarning yodida qolgan. Jon va Frensis Mançester Siti zalida nikoh töylarini ötkazişni rejalaştirib qöyişadi. Aynan öşa kuni şu binoga qöşni zalda qiroliça Yelizaveta II ham qandaydir marosimda iştirok etişi kerak edi. Bundan xabar topgan juftlik hazil tariqasida qiroliça saroyiga töyga taklifnoma yuborişdi. Ular uşbu maktublarining qiroliçaga yetib bormasligiga işonçlari komil bölgan öşa kunlarda javob maktubini olişadi. Yelizaveta taklifnoma uçun minnatdorçilik bildirib, ularni hayratda qoldiradi. Ammo sarguzaştlar şu yerda nihoyasiga yetmaydi.

Foto: PA

Nihoyat, uzoq kutilgan töy kuni ham yetib keldi. Kiçik marosimlar zalida kelin va kuyovning ixçamgina baxt keçasi ötkazilayotgan bir paytda qöşni binoda qiroliça Yelizaveta II va Edinburg hersogi iştirokida 200 nafar mahalliy köngillilar bilan keçki ovqat bölib ötayotgan edi. Qiroliça tösatdan yiğilganlardan qöşni zalda ötkazilayotgan töyda qatnaşiş uçun ruxsat söraydi va kutilmaganda şahzoda Filipp bilan birgalikda juftlikni tabriklaş uçun kirib keladi. 

Bu paytda nafaqat kelin-kuyov, balki ularni tabriklaş uçun yiğilgan 40 ga yaqin mehmonlar ham hayratdan qotib qolişadi.

Foto: The Sun

Qirollik oilasining aşaddiy muxlisi bölgan 48 yoşli kuyov Jon uşbu taşrifni “töy tortining kremi” deb ta’riflaydi. Uning ta’kidlaşiça: “Qiroliça kelin bölmiş Frensisning köylagi juda ham bejirim ekanligini ta’kidlab, bizga ulkan baxtlar tiladi. Edinburg hersogi esa asal oyini qayerda ötkazmoqçi ekanligimizni va bu bizlar uçun sovğa bölişini aytdi. Biz bu taşrifni, hatto, orzu ham qilmagan edik”.

Foto: Reuters

Uşbu kun qirollik oilasi uçun keçki ovqatdan taşqari ikki şaharda joylaşgan törtta şifoxona hamda BBC ştab-kvartirasiga taşrif buyurilişi kerak bölgan gavjum kun bölgan bölsa-da, ular öz jadvallaridan juftlikni tabriklaş uçun vaqt ajratişgan edi.