12:00 / 11.09.2021
4079
«Agrobank»: “Fermerlar maktabi”ning 3-mavsumiga qabul e'lon qilindi

«Agrobank» tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni tatbiq etish maqsadida sohadagi fermerlar, tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari va aholining turli qatlamlari uchun «Fermerlar maktabi» loyihasi ishlab chiqilgan.

Agrobank Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda “Fermerlar maktabi”ning 3-mavsumiga qabul e'lon qilmoqda. Bu yerda siz 2 oy davomida quyidagi ta'lim yo‘nalishlarida bilim olasiz: 

  • Chorvachilik; 
  • Parrandachilik;
  • Sabzavotchilik va polizchilik; 
  • Issiqxona xo‘jaligi;
  • Uzumchilik (yangi yo‘nalish);
  • Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik moduli.

“Fermerlar maktabi”da darslar mutlaqo bepul bo‘lib, ta'lim jarayoni bilan bog‘liq barcha xarajatlar Agrobank tomonidan qoplanadi. Siz ham fermerlik va tadbirkorlik yo‘nalishlarida zamonaviy bilimlarni egallamoqchi bo‘lsangiz, unda @fermerlar_maktabi_bot yoki fermermaktab.uz sayti orqali ariza topshirishga shoshiling. Arizalar 20 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot uchun: fermermaktab.uz

Telefonlar: +99895-5008010+99895-50080011216

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top