16:52 / 13.09.2021
1237
Xorazm viloyatida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yer sotish bilan bog‘liq bir qancha firibgarlik holatlari fosh etilgan.

Jumladan, fuqaro M.Q. boshqa bir fuqaroga Xonqa tumanida zaxiradagi 1 sotix yer maydoni ajratilishi uchun tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 7 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Tuproqqal'a hamda DXX Hazorasp tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar I.Yu. va M.Ya. boshqa bir fuqaroga Tuproqqal'a tumani hududidan uy-joy qurish uchun zaxiradagi 12 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 9 000 AQSh  dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top