Sirdaryo, Samarqand, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarining noqonuniy sotilişi bilan boğliq holatlarga çek qöyildi.
Guliston şahrida yaşovçi, 1964 va 1976 yillarda tuğilgan ikki şaxs özaro til biriktirib, hozirda Guliston tumani hokimiyati zaxirasida bölgan 38 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroga olib beriş hamda uşbu yer maydonida köp qavatli uy-joy quriş uçun mansabdor tanişlari orqali tegişli hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga 300 ming AQŞ dollari talab qilişgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda Guliston şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 50 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu noqonuniy işga 2018-2021 yillarda Guliston tumani hokimi lavozimida işlagan şaxs ham aloqador ekani aniqlangan.
- Ma’lumot uçun, 2018 yil 18 oktyabrdan 2021 yil 12 avgustiga qadar Şavkat Ğofurov Guliston tuman hokimi lavozimida işlagan, uning örniga tayinlangan Saydimqul Begimqulov esa 2023 yil iyulida işdan olingandi.

Şuningdek, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişga ixtisoslaştirilgan fermer xöjaligi rahbari va hisobçisi özaro til biriktirib, mazkur xöjalikka 49 yil muddatga ijaraga berilgan 3 gektar yer maydonini xaridorga 70 ming dollarga sotişga kelişib, oldindan 35 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.
DXXning Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari ham boşqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar ötkazgan.
Jumladan, Qamaşi tumanidagi çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalik rahbari mazkur tumandagi klasterga tegişli 66,32 gektar yaylov yerlaridan ikkilamçi ijara şartnomasi asosida foydalanib kelayotgan bölsa-da, uşbu şartnomani bekor qilib, klaster rahbarlari orqali 57 gektar yaylovni xaridor nomiga ijara asosida rasmiylaştirib beriş evaziga 500 mln söm talab qiladi. Ammo, u söralgan pul mablaği hisobidan 20 ming AQŞ dollari va 100 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.













