08:10 / 14.09.2021
11543
Tom Kruz ishtirokidagi filmni suratga olish vaqtida o‘nlab sigirlar hushini yo‘qotdi 

Amerikalik mashhur aktyor Tom Kruz ishtirokidagi “Bajarib bo‘lmas topshiriq 7” filmini Britaniyaning Kambriya grafligida suratga olish vaqtida sigirlar podasi bilan noodatiy hodisa yuz berdi.

Gap shundaki, aktyorning parashyut bilan sakrash sahnalari suratga olinish vaqtida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida qo‘llangan yuqori chastotali shovqin qurilmasi sababli o‘nlab sigirlar hushini yo‘qotgan.

Aktyor parashyut bilan 4ta sakrashni amalga oshirgan. Bu vaqtda suratga olish guruhi dronlarga qarshi maxsus qurilmalarni ishga tushirgan. Ularning ovozi shunchalik kuchli bo‘lganki, yaqin orada o‘tlab yurgan o‘nlab sigirlar hushini yo‘qotgan. Qurilmalar o‘chirilgach, sigirlar yana hushiga kelgan.

Ushbu ko‘ngilsiz voqeaga qaramay, mahalliy aholi ushbu holat yuzasidan shikoyat qilmagan.

Mavzuga oid
Top