Tom Kruz, Jonni Depp, Mark Uolberg va boşqa aktyorlar nomzodi «Oltin malina» antimukofotiga qöyildi, ğoliblar nomi 3 mart kuni, «Oskar» mukofotlarini topşiriş marosimidan avval ma'lum qilinadi.
Mukofot taşkilotçilari nomzodlar nomini an'anaviy ravişda hazil aralaş videorolikda e'lon qilişdi. Videorolik bu safar «odamlar soğliği va atrof-muhitga xavfli bölgan elementlarni yöqotiş»ga bağişlandi.
«Zaharli aktyorlik ijrosi» nominatsiyasiga «Mömiyo» filmi uçun Tom Kruz, Jyeymi Dornan («Ellikta qoronğuroq rang»), Mark Uolberg («Transformerlar: sönggi ritsar» hamda «Salom, dada, Yangi yil! 2»), Jonni Depp («Karib dengizi qaroqçilari: Murdalar ertak sözlamaydi») va Zak Efron («Malibu qutqaruvçilari») da'vogarlik qilmoqda. «Zaharli ijro» nominatsiyasida nomi qayd etilgan aktrisalar orasida Dakota Jonson («Ellikta qoronğuroq rang»), Ketrin Xaygl («Vasvasa»), Emma Uotson («Sfera»), Jyennifer Lourens («Ona!») bor.
«Yilning eng yomon kartinasi» nominatsiyasida «Emoji film», «Transformerlar: sönggi ritsar», «Ellikta qoronğuroq rang», «Mömiyo», «Malibu qutqaruvçilari» bor.
«Oltin malina» antimukofoti har yili «Oskar» mukofotlarini topşiriş marosimidan avval beriladi. «Oltin malina» laureatlari tilla rang qoplangan plastik malina bilan taqdirlanadi. Mukofot qiymati beş dollardan kamroqni taşkil etadi.












