Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktyor Tom Kruz navbatdagi filmda suratga tushish uchun fazoga uchadi
Hollivud aktyori Tom Kruz 2021 yilda navbatdagi filmda suratga tushish uchun fazoga yo‘l oladi. Bu haqda Space Shuttle Almanac ma'lum qildi.
Film sahnalari Xalqaro koinot stansiyasida suratga olinadi. Shu munosabat bilan aktyorning parvozi XKSning parvozlar ro‘yxatiga kiritilgan. Parvoz 2021 yil oktyabriga belgilangan.
Aktyor bilan birga XKSga film rejissyori Dag Layman yo‘l oladi. Ular koinot stansiyasiga Ilon Maskning Crew Dragon kemasida yetib olishadi.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask fazoda dunyodagi birinchi filmni suratga olishi may oyida ma'lum bo‘lgandi. Ushbu loyihada NASA ham ishtirok etadi.
Jangari janrida suratga olinadigan ushbu filmning hozircha rasmiy nomi yo‘q. Uning budjeti 200 mln dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
18:12 / 17.11.2025
Tom Kruz kinoga qo‘shgan hissasi uchun faxriy «Oskar» mukofotini oldi
17:43 / 06.06.2025
Tom Kruz yonayotgan parashyut bilan 16 marta sakrab Ginnes rekordlar kitobiga kirdi
00:20 / 02.05.2025