12:00 / 16.09.2021
3245
O‘zbekistondagi Sharda Universiteti – har bir inson uchun munosib ta'lim

O‘zbekiston Sharda Universiteti har bir talaba uchun jahon talablariga javob beradigan ta'lim berish standartiga muvofiq tashkil etilgan. Ushbu universitet Yevrosiyo talabalari uchun darvoza bo‘lishi ko‘zda tutilgan O‘zbekistondagi birinchi mustaqil xususiy universitetdir. O‘zbekiston Sharda Universiteti talabalari Hindistonning haqiqiy global universiteti bo‘lgan Sharda merosini 85dan ortiq mamlakatdan kelgan 27% talabalar bilan bo‘lishadilar; yillar davomida Osiyodagi yetakchi ta'lim, tadqiqot va innovatsiya markazlaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Andijon shahrida joylashgan O‘zbekiston Sharda Universiteti (SUUz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan birinchi mustaqil xususiy oliy o‘quv yurtidir.

Universitetda to‘rtta fakultet mavjud, ular asosiy fanlar fakulteti, muhandislik va texnologiya fakulteti, menejment fakulteti, gumanitar fanlar fakulteti. Universitet tomonidan taqdim etiladigan yo‘nalishlar quyidagicha;

  1. Texnologiya bakalavr darajasi (Informatika va muhandislik)
  2. Biznes Boshqaruvi bakalavr darajasi
  3. Amaliy Ingliz Tili bo‘yicha bakalavr darajasi

O‘zbekiston Sharda Universiteti (SUUz)da 400 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitet talabalarga ingliz tilini bilish darajasi / akademik / va shu kabi boshqa yutuqlariga qarab munosib nomzodlarga 100% gacha grant taklif qiladi. Fakultet a'zolari — bu ilmiy darajadagi yutuqlarga intiladigan va talabalarni jahon iqtisodiyotining murakkab talablariga, shuningdek, o‘zgaruvchan global iqtisodiyotning qiyinchiliklariga javob berishga tayyorlaydigan ikki tomonlama vakolatli akademiklar va sanoat mutaxassislaridir. Universitetimiz turli mamlakatlarda ish tajribasiga ega, kitoblar, xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar yozgan, xalqaro konferensiyalarda ma'ruzalar qilgan, doktorlik ilmiy darajalariga ega malakali o‘qituvchi-professorlardan iborat. 

O‘zbekiston Sharda Universiteti (SUUz) dunyoning 250 dan ortiq universitetlari va muassasalari bilan hamkorlik aloqalariga ega. Universitetda "Ish va sayohat dasturi" mavjud bo‘lib, unda talabalar ushbu dasturdan foydalangan holda xorijiy davlatlarga tashrif buyurishlari mumkin. Universitet talabalarga nafaqat eng yaxshi ko‘nikmalarni berishga, balki ijobiy o‘quv tajribasini amalga oshirishga ham intiladi.

O‘zbekiston Sharda Universiteti 2020 va 2021 yillarda Andijon viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi bilan birgalikda Fan Olimpiadasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi va unda 272 nafar talaba qatnashdi. Talabalar O‘zbekiston Sharda Universitetida tahsil olish uchun 100%, 75% va 50% grantlarni qo‘lga kiritdilar.

Sharda Universitetiga kirish uchun grant va qabul testi [SUSAT] onlayn va oflayn rejimda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, talabalar xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etishlari shart.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun O‘zbekiston Sharda Universiteti (SUUz) veb -saytiga tashrif buyuring:

https://www.shardauniversity.uz/

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top