10:08 / 20.09.2021
10991
Qarshida «Lacetti» yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Piyoda vafot etgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi piyodani urib yuborgani bo‘yicha video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat bo‘yicha ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 sentabr kuni soat 12:05larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan "Gulchehra" go‘zallik saloni ro‘parasida haydovchi J.Sh. "Lacetti" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro Sh.X.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda Sh.X. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan tezlik me'yoriga, qoidalarga amal qilib, piyodalarga e'tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.

Top