12:27 / 21.09.2021
12105

Abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarni onlayn rasmiylashtirishi mumkin

Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 1 oktyabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan.

Joriy o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida, onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu tizim ortiqcha ovoragarchilik va suiiste'molchiliklarning oldini olish, jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, elektron arizalarni avtomatik shakllantirish, to‘lov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

Endi tizim yordamida abituriyentlarning ma'lumotlari va to‘plagan balli Davlat test markazi bazasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri olinib, elektron ko‘rinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.

Mavzuga oid
Top