13:48 / 21.09.2021
2558
O‘zbekistonlik harbiylar ShHT o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmoqda

Joriy yilning 20 sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar harbiy xizmatchilari o‘rtasida «Mirnaya missiya–2021» («Tinchlik missiyasi») qo‘mondonlik shtab o‘quvi mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi «Donguz» poligonida bo‘lib o‘tayotgan mashg‘ulotlarda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston va Hindiston harbiy delegatsiyalari qatnashmoqda. O‘zbekistondan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.

Yig‘inda jami 3,4 ming nafar harbiy ishtirokida 600 turdan ortiq harbiy texnikalar qo‘llanishi nazarda tutilgan. Harbiy xizmatchilar va texnikalarning asosiy qismi Rossiya armiyasiga qarashli. 

Shuningdek, mashg‘ulotlarning ochilish marosimida harbiy texnikalar namoyishi ham bo‘lib o‘tdi. «Mirnaya missiya–2021» birgalikdagi qo‘mondonlik shtab o‘quvlari 11 sentyabrdan 25 sentyabrgacha davom etadi.

Top