15:31 / 22.09.2021
10558
Zelenskiyning maslahatchisiga nisbatan suiqasd uyushtirildi

Qayd etilishicha, ertalab soat o‘nlarda Lesniki qishlog‘i yaqinida Shefirning avtomobili o‘qqa tutilgan. Avtomobilga o‘ndan ortiq o‘q tekkan, haydovchi yaralangan. Prezident maslahatchisiga jarohat yetmagan.

Foto: REUTERS/Serhii Nuzhnenko

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning maslahatchisi Sergey Shefirga nisbatan suiqasd uyushtirildi. Bu haqda Ukraina IIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shefirning avtomobili ertalab soat o‘nlarda Lesniki qishlog‘i yaqinida o‘qqa tutilgan. Avtomobilga o‘ndan ortiq o‘q tekkan, haydovchi yaralangan. Shefirga jarohat yetmagan.

Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenkoning ma'lum qilishicha, Shefirning avtomobili avtomatdan o‘qqa tutilgan.

Xabar qilinishicha, Zelenskiyning maslahatchisi xavfsiz joyga olib ketilgan bo‘lib, shok holatini boshidan kechirmoqda.

Sergey Shefir (o‘rtada) Vladimir Zelenskiy bilan 1990-yillar o‘rtalaridan, KVN-chilik davridan buyon tanish.
Top