Litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e'lon qilindi. Bu haqda Oliy ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarini topshirgan o‘quvchilarning mandati e'lon qilingan.
Yakuniy natijalar (mandat)ni:
- vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti;
- OTM tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali aniqlash mumkin.
Avvalroq, Oliy ta'lim vazirligi akademik litseylar imtihon natijalari 22 sentyabrda e'lon qilinishini bildirgandi.