Futzal bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi finalchi nomi ham ma'lum bo‘ldi.
Qozog‘iston va Portugaliya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yin murosasiz tarzda kechdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida qozog‘istonliklar hisobni tenglashtirishdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar yana bittadan gol urishdi. Penaltilar seriyasida esa Portugaliya g‘alabani ilib ketib, o‘z tarixida ilk bor mundial finaliga yo‘l oldi.
3 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yinda portugallar amaldagi chempion Argentina bilan to‘qnash keladi. Qozog‘iston va Braziliya esa 3-o‘rin uchun bahs yuritishadi.
Futzal bo‘yicha JCh. Yarimfinal
Portugaliya — Qozog‘iston 2:2
Penaltilar seriyasi — 4:3.
30 sentabr. Litva
Gollar: Varela (23), Bruno (49) — Nurgojin (40), Junior (42).