Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston futzalchilari muddatidan oldin Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Farg‘onada o‘tkazilayotgan saralash turnirida milliy jamoa muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Foto: UFA
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etadi.
Farg‘onada o‘tkazilayotgan saralash turniri guruh bosqichi 2-turida o‘zbekistonliklar Malayziya milliy jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etishdi. Natijada, O‘zbekiston milliy jamoasi 2 o‘yindan so‘ng 6 ochko jamg‘arib, Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 1-turda o‘zbekistonliklar Kamboja ustidan 6:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Yakuniy turda O‘zbekiston va Iroq milliy jamoalari bahslashadi. Iroqliklar ham 6 ochko bilan allaqachon Osiyo Kubogi yo‘llanmasiga ega bo‘lgan. Ikki jamoa o‘yini faqat guruh g‘olibini aniqlab beradi.
2024 yilgi Osiyo Kubogi 17-28 aprel kunlari Tailandda o‘tkaziladi. Musobaqa 2024 yil sentabr-oktyabr oylariga rejalashtirilgan Jahon Kubogiga saralash turniri vazifasini ham bajaradi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi «mundial» yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
2024 yilgi Jahon Kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu bois O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo Kubogida qanday natija ko‘rsatishidan qat’i nazar, mezbon sifatida ushbu turnirda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
22:20
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026