
Joriy yilning 2 oktyabr kuni Ernazar-3 qudug‘ida nasos-kompressor quvurlarini almashtirishni o‘z ichiga olgan mukammal ta'mirlash ishlaridan so‘ng, quduqdan sanoat darajasidagi gaz oqimi olindi.
Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun bugun- 2 oktyabrda quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi. Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya hamda ekologiya talablariga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ