16:40 / 04.10.2021
4962

Forbes Yevropani energetik inqiroz yuz berishidan ogohlantirdi

Qayd etilishicha, Yevropadagi davlatlar ko‘mir va gaz elektr stansiyalarini yopgan. Bu esa 2021 yil yozida inqirozga olib kelgan.

Foto: Getty Images

Gaz narxining rekord darajada oshishi ko‘plab issiqlik elektr stansiyalarini neft yoki ko‘mirga o‘tishga majbur qilishi mumkin, bu esa ushbu resurslar narxi oshishiga olib keladi, deb fikr bildirdi Devid Blekmon Forbes jurnalida.

Blekmonning qayd etishicha, Yevropadagi davlatlar ko‘mir va gaz elektr stansiyalarini yopgan. Bu esa 2021 yil yozida inqirozga olib kelgan: shamol kuchi yetarli bo‘lmagani sababli yana havoni iflostlantiruvchi manbalarga o‘tishga to‘g‘ri kelgan.

Muallifning yozishicha, talabning keskin o‘sishi gaz narxi ko‘tarilishiga olib keldi. Rossiya eksportni cheklashi esa uning narxini yanada oshirdi. Yevropa mamlakatlari ko‘mirga e'tibor qaratdi, ammo uning zaxiralari yetarli emas.

Avvalroq Yevropada ming kub metr gaz narxi 1200 dollardan oshgani xabar qilingandi.

Top