4 oktyabr kungi savdolarda Yevropada gaz narxi oshishi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi.

Londondagi ICE birjasidagi savdolar chog‘ida noyabr fyuchersi uchun Niderlandiyaning TTF habidagi ming kub metr gaz narxi 1200,36 dollarga teng bo‘ldi.

Yevropada bahordan buyon gaz narxi to‘rt marta oshdi. Bunga Yevropadagi yerosti omborlarida gaz zaxirasining ozligi sabab bo‘ldi.

Sentyabr oxirlarida Yevropada oktyabr fyuchersi uchun ming kub metr gaz narxi 1030 dollarni tashkil etgandi.

Britaniyada oxirgi 1,5 oy ichida gaz narxi yuqoriligi sababli 5ta energetik kompaniya yopildi, yana 4tasi yaqin orada bankrotga uchraganini e'lon qilishi mumkin.