08:06 / 05.10.2021
2344
Benzin importi 3,2 barobarga oshdi

Avgust oyida 7 mln litr avtomobil benzini import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Foto: Stock

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga qiymati 100 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 281,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan. 

Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobarga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha: 

  • Rossiya – 139 mln litr; 
  • Turkmaniston – 121 mln litr;    
  • Qozog‘iston – 16 mln litr; 
  • Iroq – 3,6 mln litr.  

8 oyda qariyb 730 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Yil boshidan beri benzin ishlab chiqarish va import hajmi ortishiga qaramay narxlar 26,9 foizga qimmatlashgan.

Mavzuga oid
Top