17:41 / 08.10.2021
5647
Polsha chegarachilari Belarus tomonidan o‘q uzilganini ma'lum qildi

Belarus davlat chegara qo‘mitasi vakili Anton Bichkovskiy belaruslik chegarachilar oxirgi sutkada chegaraning hech qaysi uchastkasida quroldan foydalanmaganini bildirdi.

Foto: TASS

Belarus chegarachilari patruli Polsha chegara xizmati harbiylari tomonga o‘q uzdi. Bu haqda mamlakat chegara xizmati vakili Anna Mixalskaya ma'lum qildi.

«Belarus xizmat patruli Polsha askarlari tomon o‘q uzdi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

O‘z navbatida, Belarus davlat chegara qo‘mitasi vakili Anton Bichkovskiy belaruslik chegarachilar oxirgi sutkada chegaraning hech qaysi uchastkasida quroldan foydalanmaganini bildirdi.

«O‘tgan sutkada davlat chegarasining hech bir uchastkasida qurol qo‘llanmadi», — dedi u.

Sentabr boshlarida Belarus bilan chegaradagi migratsion inqiroz bois Polsha favqulodda holat joriy etgandi. Oktabr boshida chegara tumanlarida favqulodda holatning amal qilish muddati uzaytirildi.

Top