Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, jumladan, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi.
Mehnat migratsiyasi sohasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik bildirildi.
Madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha ham so‘z yuritildi.









