18:04 / 09.10.2021
19082
Chinakam vahshiylik. "Navoiyazot" sabab minglab baliq nobud bo‘ldi, zarar 4 mlrd so‘mdan oshmoqda

«Navoiyazot» AJ Zarafshon daryosiga ko‘p miqdorda hayot uchun xavfli zararli moddalarni oqizgan. Oqibatda baliqlar nobud bo‘lgan. Ular orasida «Qizil kitob»ga kiritilgan turlar ham bor.

Ayni damda Navoiy viloyat ekologiya boshqarmasining 32 nafar inspektorlari vaziyatni o‘rganmoqda. 20 kmdan ko‘proq hududdagi suv o‘rganilgan va mingdan ortiq baliq nobud bo‘lgani aniqlangan.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Islombek Boqijonovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, «Navoiyazot» daryoga zararli modda oqizishi oqibatida ayni damga qadar aniqlangan zarar 4 milliard so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin. Tekshiruvlar, davom ettirilmoqda, zarar bundan ham kattaroq bo‘lishi mumkin.

Top