Ayni damda kunlar isib, fuqarolarning şahar çekkalarida, oçiq hududlarda dam oliş holatlari köpaymoqda. Bu esa, öz navbatida, ayrim köngilsiz holatlarga sabab bölmoqda, ya’ni dam oliş maskanlarida çiqindilarni taşlab ketiş, Qizil kitobga kiritilgan ösimliklarni uziş, olov yoqiş, atrof-muhitni ifloslantiriş holatlari köpaymoqda.
Şu munosabat bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi dam olişga çiqqan fuqarolarni quyidagilarga amal qilişga çaqirdi:
— hosil bölgan maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş;
— kul va yonuvçi moddalarni öçiriş;
— yaşil zonalarda ösimliklarni payhon qilmaslik;
— Qizil kitobga kiritilgan ösimliklar, jumladan, lolalarni noqonuniy termaslik;
— yovvoyi hayvonlarga duç kelganda ortiqça harakat qilmaslik, ularga ozor bermaslik.
Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilsa, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalariga asosan jazo çoralari qöllanadi.
Dam oliş maskanlarida turli ekologik huquqbuzarlik holatlariga duç kelinsa, bu haqda Ekologiya vazirligi (71 207-11-07), Içki işlar organlari yoki Milliy gvardiyaga murojaat qiliş lozim.













