14:48 / 11.10.2021
2496
Brent nefti narxi uch yildan buyon ilk bor 84 dollardan oshdi

Qayd etilishicha, ko‘mir va gaz narxining oshishi neftga bo‘lgan talab oshishiga olib keldi va natijada neftning narxi ko‘tarildi.

Foto: Shutterstock

ICE birjasida Brent rusumidagi bir barrel neftning dekabr fyuchersi uchun narxi 84 dollardan oshdi. Brent nefti narxi oxirgi marta 2018 yil oktyabrda 84 dollardan yuqoriroq bo‘lgandi.

WTI rusumidagi neft narxi ham ko‘tarilmoqda. WTI neftining noyabr fyuchersi Nyu-York birjasida 81,3 dollarga yetdi.

Qayd etilishicha, ko‘mir va gaz narxining oshishi neftga bo‘lgan talab oshishiga olib keldi va natijada neftning narxi ko‘tarildi.

Shuningdek, OPeK+ a'zolarining neft qazib olishni cheklash bo‘yicha kelishuvi ham uning narxi o‘sishiga olib kelgan.

Avvalroq elektr energiyasi va gaz narxi oshayotgani sababli Yevropadagi korxonalar faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘layotgani xabar qilingandi.

Top