08:26 / 13.10.2021
5048

O‘zbekistonga «Sinovak» vaksinasi olib kelindi

Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida COVID-19’ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan “Sinovak” vaksinasi olib kelinishi haqida xabar berilgan edi. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Bugun, 13 oktyabr kuni Istanbul – Toshkent reysi bilan mamlakatga keltirgan “Sinovak” vaksinasining 200 ming dozasi shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati respublika vakillari tomonidan qabul qilib olindi.

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asosida olib kelingan “Sinovak” vaksinasi mamlakatga keltirilgan oltinchi vaksinadir.

Shunday qilib, respublikada emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 673 528 dozani tashkil qilmoqda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Top