10:05 / 14.10.2021
16877

Samarqandda beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan «Neksiya» yonib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Bugun, 14 oktabr kuni soat 6:20larda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1050-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Ma'lum qilinishicha, «Neksiya» rusumli transport vositasi haydovchisi tezlikni me'yoridan oshirib kelib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi natijasida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. 

YTH natijasida transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida mashina salonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda hushyor, ogoh bo‘lishlarini, uzoq manzillarga yo‘lga chiqishdan oldin dam olishlarini, mashinada ketayotganda charchoq alomatlari sezilsa, to‘xtab, dam olishlarini so‘raymiz. Tezlikni me'yoridan oshirmang”, deyiladi ma'lumotda.

Top