18:39 / 15.10.2021
31082
Renault avtokonserni O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi

Fransiyaning Renault kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Arkana va Kaptur krossoverlari joriy yilning kuzidanoq sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

Renault Arkana 
Foto: Renault
Renault Kaptur 
Foto: Renault

Fransiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Renault kompaniyasi hamkori Roodell bilan birgalikda o‘z avtomobillarini O‘zbekiston bozorida ishlab chiqarish va sotishni boshlash rejalarini e'lon qildi.

Dastlabki avtomobillar joriy yilning kuzida sotuvga chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Birinchi bosqichda Renault Arkana va Renault Kaptur, keyinchalik esa Renault Duster yo‘ltanlamas avtomobili sotuvga chiqariladi.

Boshlanishiga sotish va xizmat ko‘rsatish Toshkentdagi 2 ta dilerlik markazida amalga oshiriladi.

Avvalroq, «Avtovaz» kompaniyasining prezidenti Nikolya Mor jurnalistlar bilan uchrashuvda O‘zbekistonda Lada va Renault avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

«O‘zbekiston bozorida mavjudligimizni rivojlantirishning oqilona usuli – bu mashina to‘plamlarini o‘sha yerda yig‘ishni boshlashimizdir. Biz yaqin12 oy ichida dastlab Lada keyinroq esa Renault rusumli avtomashinalarni yig‘ishni rejalashtiryapmiz», – deya ta'kidlagan Nikolya Mor.

Mavzuga oid
Top