17:39 / 18.10.2021
4777
Rossiya NATOdagi doimiy vakolatxonasi faoliyatini to‘xtatishini ma'lum qildi

Oktyabr boshlarida NATO rahbariyati Rossiyaning tashkilotdagi missiyasini ikki baravarga kamaytirishga – sakkiz nafar diplomatni chiqarib yuborish va yana ikkita o‘rinni qisqartirishga qaror qilgandi.

Foto: Reuters

Rossiya NATO huzuridagi doimiy vakolatxonasi faoliyatini to‘xtatadi, deb ma'lum qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

«NATO harakatlariga javoban NATO huzuridagi doimiy vakolatxonamiz faoliyatini to‘xtatamiz. Menimcha, 1 noyabrdan», — dedi Lavrov.

«Ikkinchidan, NATOning Moskvadagi harbiy missiyasi faoliyatini to‘xtatamiz, 1 noyabrdan uning xodimlari akkreditatsiyasi bekor qilinadi. Uchinchidan, NATOning Moskvadagi axborot byurosi faoliyati to‘xtatiladi», — dedi u.

Lavrovning qayd etishicha, NATO xalqaro kotibiyati Rossiyaning javob choralaridan xabardor qilingan.

Oktyabr boshlarida NATO rahbariyati Rossiyaning tashkilotdagi missiyasini ikki baravarga kamaytirishga – sakkiz nafar diplomatni chiqarib yuborish va yana ikkita o‘rinni qisqartirishga qaror qilgandi.

Sky News telekanalining ma'lumot berishicha, bunga ehtimoliy dushmanlarcha faoliyat sabab bo‘lgan.

Top