19:27 / 22.10.2021
4467

Fijida yangi prezident saylandi

Tinch okeanida joylashgan Fiji Respublikasi parlamenti mamlakatning yangi prezidenti sifatida Ratu Vilyam Katonivereni tasdiqladi.

Foto: Ratu Vilyam Katonivere

The Fiji Times nashrining xabar berishicha, hukmron partiya tomonidan prezident lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Katonivereni 28 deputat qo‘llab-quvvatlagan. Muxolifat taklif qilgan nomzod Ro Teimumu Kepa 23 ta ovoz olgan.

Respublikaning 2013 yilda qabul qilingan konstitutsiyasiga ko‘ra, Fijida prezident parlament tomonidan saylanadi. Fijining amaldagi prezidenti, 2018 yilda qayta saylangan Jioji Konrotening vakolatlari muddati joriy noyabrda tugaydi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatning yangi prezidenti bir necha yil davomida dengiz qo‘riqxonasiga rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid
Top