16:40 / 22.10.2021
12974
Toshkentda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan mashina ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati

2021 yil 22 oktyabr kuni taxminan soat 08:10larda Olmazor tumani Qamarniso ko‘chasida «Neksiya-3» avtomobilini boshqarib borgan, 2002 yilda tug‘ilgan A.V. qoidalarni buzgan holda qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan.

Xabarda aytilishicha, natijada u 1958 yilda tug‘ilgan Z.X. boshqaruvidagi «Spark» avtomobili bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida yetgan shikastlar oqibatida «Spark» avtomobili yo‘lovchisi, 1968 yilda tug‘ilgan M.X. hayotdan ko‘z yumgan. 

Mazkur fakt asosida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Top