Sentabr oyida 57ta elektromobil sotib olingan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning sentabr oyida O‘zbekistonga xorijdan 57ta elektromobil import qilingan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yilning avgust oyiga nisbatan 12taga kam.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda sentabr oyidagi elektromobillar xaridi uchun 1,3 mln AQSh dollari sarflangan.
Avvalroq, Farg‘onada dastlabki elektromobillar dekabr oyida test rejimida ishlab chiqarilishi xabar berilgandi.