Foto: Farğona viloyati hokimligi axborot xizmati

Xayrullo Bozorov Farğona şahrida elektromobillar işlab çiqariş loyihasini amalga oşirayotgan “Central Asia Motors” korxonasida bölib, korxonani işga tuşiriş bilan boğliq jarayonlar bilan tanişdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Farğona mexanika zavodi hududida joylaşgan uşbu korxonada umumiy qiymati 50 million AQŞ dollari bölgan “Elektromobillar uçun ehtiyot qismlarni işlab çiqarişni özlaştiriş hamda yengil va yuk elektromobillar işlab çiqariş” loyihasi hayotga tatbiq etilmoqda.

Foto: Farğona viloyati hokimligi axborot xizmati

Joriy yilning dekabr oyida 4 ta yengil va 8 ta yuk elektromobillari test rejimida yangi korxona konveyerlaridan çiqadi. Hozirgi kunda joylarda elektromobillarni quvvatlantiriş şoxobçalari ommalaşmaganini hisobga olgan holda, dastlabki bosqiçda gibrid quvvatli (tok va benzin) elektromobillar işlab çiqarilib, bunda elektr quvvati 20 foizdan kamayganda benzin dvigateli işga tuşadi hamda benzin bilan işlaş jarayonida elektromobil batareyasi quvvat oladi.

Hozirda elektromobillarni yiğiş va test uskunalaridan ötkaziş sexi hamda elektroforez va böyaş sexi işlab çiqariş jarayonlariga tayyor bölib, elektromobillarning kuzov qismini payvandlaş uçun sex taşkil etişga qöşimça işlab çiqariş maydoniga ehtiyoj borligi masalasi viloyat hokimiga bildirilgan.

Bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladigan va 2022 yilda yakunlanadigan loyiha natijasida 350 tadan ortiq yangi iş örni yaratiladi. Töla quvvati bilan işga tuşgaç, korxonada yillik 10 ming elektromobil işlab çiqariladi.