16:09 / 28.10.2021
4491
Pekin Taybey va Vashington o‘rtasidagi muloqotlarga keskin qarshi chiqdi

Avvalroq Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Inven bir necha amerikalik instruktorlar Tayvanda ish olib borayotgani, orol o‘z mudofaa salohiyatini oshirish uchun AQSh bilan hamkorlik qilayotganini aytgandi.

Foto: Thomas Peter / Reuters

Pekin Taybey va Vashington o‘rtasidagi har qanday shakldagi muloqotlarga keskin qarshi chiqadi hamda AQShni Xitoyning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishga chaqiradi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma'lum qildi.

“Tayvan masalasiga kelsak, AQSh bir tomonlama tartibda qandaydir narsalar o‘ylab topmasdan, “yagona Xitoy” tamoyili va uchta Xitoy–Amerika kommyunikesiga amal qilishi kerak. Biz AQSh va Tayvan o‘rtasidagi har qanday ramiy va harbiy muloqotlarga keskin qarshi chiqamiz. Biz AQShning Xitoy ichki ishlariga aralashishiga qarshimiz”, – dedi u.

“Tayvan mustaqilligi”ga urinish – bu boshi berk ko‘cha, “Tayvan mustaqilligi”ni qo‘llab-quvvatlash – bu yo‘qlik sari yo‘l”, – dedi Van Venbin.

Avvalroq Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Inven CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida bir necha amerikalik instruktor Tayvanda ish olib borayotgani, orol o‘z mudofaa salohiyatini oshirish uchun AQSh bilan hamkorlik qilayotganini aytgandi.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, AQSh harbiy instruktorlari bir necha yildan buyon Tayvanda faoliyat yuritmoqda. Ma'lumot berilishicha, yigirmaga yaqin mutaxassis Tayvan quruqlikdagi qo‘shinlarini tayyorlamoqda.

Top