19:22 / 30.10.2021
6736

Namanganda Nexia yonib ketdi

Foto: YHXBB

30 oktabr kuni soat 16:15larda Namangan viloyati Davlatobod tumani hududidan o‘tuvchi 4R-112 avtomobil yo‘lida Nexia-2 rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga keldi.

Namangan viloyati FVB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Namangan viloyati FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top