Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Chilonzor tumani Furqat ko‘chasi Magic city qarshisida Tesla va Lacetti ishtirokida YTH yuz berdi. YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Foto: IIBB YHXB
Chilonzor tumanida Tesla va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 5 may kuni soat 07:50 larda Chilonzor tumani Furqat ko‘chasi Magic city qarshisida 2 ta avtomashina ishtirokida YTH kuzatildi.
Haydovchilar, 1989 yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvida bo‘lgan Tesla rusumli avtomashina va 1996 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026