10:03 / 01.11.2021
4582

Jismoniy shaxslarning muammoli kreditlari hajmi yil boshidan buyon 5,4 barobar oshdi

Joriy yil 9 oyi davomida bank tizimida jismoniy shaxslarning muammoga aylangan kreditlari hajmi 5,4 barobarga o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalarida aytilgan.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, bank tizimida muammoli kreditlar ulushi joriy yilning iyul oyida eng yuqori daraja - 6,2 foizga yetgan. Muammoli kreditlar ulushi joriy yilning avgust-sentabr oylarida 0,4 foiz bandga kamayib, 1 oktabr holatiga 5,8 foizni (18,1 trln. so‘m) tashkil etdi. 

Mijozlar bo‘yicha muammoli kreditlarning 29 foizi (5,2 trln. so‘m) jismoniy shaxslar va 71 foizi (12,9 trln. so‘m) yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tarmoqlar kesimida muammoli kreditlarning o‘sishi, asosan transport va kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish va qurilish sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yil 9 oyi davomida bank tizimida yuridik shaxslarning muammoli kreditlari hajmi 2,6 barobarga o‘sgan bo‘lsa, jismoniy shaxslarning muammoga aylangan kreditlari hajmi 5,4 barobarga o‘sib, ularning jami muammoli kreditlardagi ulushi 17 foizdan 29 foizga yetdi.

Top