Surxondaryo viloyatida hokim yordamçisi soxta hujjatlar orqali katta miqdordagi kredit mablağlarini özlaştirgan. Bu haqda Boş prokuratura departamenti xabar bermoqda.

Departamentning Jarqörğon tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro N.Ş. hamda tumandagi “I.” MFYda hokim yordamçisi bölib işlovçi X.M. 11 nafar fuqaro va yakka tartibdagi tadbirkor U.T.ning nomiga soxta hujjatlarni rasmiylaştiriş orqali 698 mln söm kredit ajratib, uşbu mablağlarni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.