UzbekLife xorij mamlakatlaridagi muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimiz bilan suhbatlarni davom ettiradi. Navbatdagi suhbatimiz qahramoni Navbahor Baudot aslida Özbekiston davlat jahon tillari universitetining fransuz tili filologiyasida tahsil olgan. Ammo, özidagi iste'dod sabab hozirda moda olamida faoliyat olib bormoqda.
Birinçi ustozim – onam
Xorazm viloyati Gurlan tumanida voyaga yetganman. Onam ham tikuvçi edilar va men tikiş-biçiş kabilarni aynan onamdan örganganman. Ammo, bundan taşqari çet tillarni örganişga ham qiziqardim. Şu sababdan, 2000 yillarda Özbekiston davlat jahon tillari universitetiga öqişga kirdim. Öqiş davomida ham turli modalar uylarida işladim. 2007 yilda öqişni tamomlagaç, Fransiyaga keldim va moda, dizayn sohasi mening kelgusi yölim ekanligini tuşunib yetdim.

Fransiyaga 200 AQŞ dollar bilan kelganman
Öqişni 2005 yilda bitirgaç, maktabda dars beriş uçun işga kirdim. Ammo, “propiska” muammosi sabab bu yerda işlay olmasdim. Onam bu vaziyatda mening har qanday qarorimni qöllab-quvvatlaşini aytdi va men Fransiyaga keliş yölini topdim. 2007 yil sentyabrda Fransiyaga dastlabki kelganimda faqatgina 200 AQŞ dollar pulim bor edi. Bir oila bilan şartnoma tuzgandim va bu oilada 9 oy mobaynida yaşaşim kerak edi.

Qiyinçiliklarga örganişni avvaldan boşlagandim
Töğri, bu yerda dastlab ançagina qiyinçiliklarga duç keldim. Til bilganim ham ularning madaniyatiga tez kirişib ketiş imkoniyatini bermadi. Ammo, men bunday qiyinçiliklarni yengib ötişni avvaldan örgangandim. 2000 yilda onam meni Toşkentga olib kelgan va bu yerda ham şu kabi jarayonlarni boşdan ötkazgandim.
Qarz olib, tikuv maşinasi olganman
Esimda, bor-yöği 30 yevro pulim qolgan edi. Til maktabidagi örtoğimdan 90 yevro qarz olib tikuv maşinasi olganman va şu tariqa öz faoliyatimni boşlaganman. Birinçi bolalar uçun kiyimçalar tikkanman. Topadigan pulim u qadar köp bölmasada, menga ança katta daromaddek bölib tuyulardi.






















