Fransiya adliya vaziri «Ezgulik» jamiyati rahbariga xalqaro mukofotni topshirdi
Kecha, 10 dekabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan marosimda «Ezgulik» inson huquqlari jamiyatiga «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti topshirildi. Jamiyat raisi Abdurahmon Tashanov mukofotni - Fransiya adliya vaziri Didiye Migo va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy maslahat komissiyasi raisi Jan-Mari Burguburudan qabul qilib oldi.

Foto: Fransiya Adliya vazirligi
Fransiya Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha «Ozodlik, tenglik, birodarlik« mukofoti 1988 yilda CNCDH tashabbusi bilan yaratilgan. Ushbu mukofotning maqsadi butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishda fuqarolik jamiyatining asosiy rolini tan olishdir.
«Garchi bu yil tanlangan mavzu qurolli mojarolar sharoitida tinch aholi huquqlarini himoya qilish bo‘lsa-da, inson huquqlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati vakillarining muhim roli va xalqaro gumanitar huquqni hamma joyda himoya qilish zarurdir. Dunyoda siz insoniyat uchun bugun va ertaga umid yo‘llarini yaratasiz. Sizga taqdim etilgan mukofotlarni hurmatimiz, qo‘llab-quvvatlaganimiz va e’tirof etilganimiz dalili sifatida qabul qiling», — degan Fransiya adliya vaziri.
Mazkur mukofot dunyoning 5 nafar fuqarolik jamiyati tashkilotiga beriladi. Bu galgi g‘oliblar orasida «Ezgulik» bilan birga Kamerundagi «Mandella» markazi, Gaitidagi «Citizens» tashkiloti, Kolumbiyaning Ludirlena PÉREZ CARVAJAL tashkiloti va Suriyadagi «Caesar» tashkilotlari bor.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘onada 2 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat | 19:52
-
Saida Mirziyoyeva va O‘g‘iljahon Atabayeva Samarqanddagi inklyuziv ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:42
-
Bolalari muntazam kaltaklangani aytilgan “Tanzilandiya” xususiy bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi
O‘zbekiston | 19:19
-
Toshkentda yuk ortgich mashina yonib ketdi
Jamiyat | 18:55
Mavzuga oid

22:10 / 22.04.2025
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin

19:22 / 21.04.2025
«Telegram hech qachon shaxsiy xabarlarni oshkor qilmagan» – Durov Fransiya parlamenti qarorini olqishladi

14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba

01:01 / 17.04.2025