13:54 / 05.11.2021
713
Guliston shahrida aholining ehtiyojmand qatlami va og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolar uchun ko‘p qavatli uylar qurilmoqda

2020-2021 yillar davomida Guliston shahrining «Yangi hayot» massivida 478 ta xonadondan iborat 12ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Bugungi kunga qadar 210ta xonadondan iborat 5 ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Bu haqda Guliston shahar hokimining o‘rinbosari Laziz Ahmedov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ushbu uy-joylar aholining ehtiyojmand qatlami, yosh oilalarga, og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayollarga hamda mehnat migrantlariga, xorijda faoliyat yuritib kelgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan.

Hozirgi vaqtda 268ta xonadondan iborat 7ta ko‘p qavatli uylar qurilishi yakuniga yetkazildi. Ushbu uy-joylarni olish uchun fuqarolarga davlat hisobidan subsidiyalar ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu uy-joylardan 10ta xonadon og‘ir ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ajratilgan bo‘lib, ularga boshlang‘ich pul badallari to‘lab berilgan. Hozirda ular o‘z xonadoniga ega bo‘lgan. 2021 yilda ham boquvchisini yo‘qotgan, kam ta'minlangan 10 nafar xotin-qizlarga ham kvota ajratilishi belgilangan.

Bundan tashqari, bu yerda qurilayotgan uy-joylardan o‘z ehtiyojiga ko‘ra boshqa fuqarolar ham foydalanishlari mumkin. Kelgusida massiv hududi yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi hisobiga kengaytiriladi.

Top