12:12 / 08.11.2021
437
Guliston shahrida zilzilaga bardoshli uylar qurilishi yo‘lga qo‘yildi

Guliston shahrida monolit uslubidagi uylar qurilishi yo‘lga qo‘yildi. Bunday uslubdagi uylar zilzilaga bardoshli hisoblanadi. Bu haqda «Abdulaziz Yevro stroy» MChJ rahbari Shuhrat Ergashev Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Bugungi kunda Guliston shahrida o‘ndan ziyod monolit uslubidagi ko‘p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Bu uslubning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, 9-10 kunda binoning bir qavatini bitirish mumkin. Shuningdek, binoning zilzilaga bardoshliligi yuqori bo‘lib, qisqa fursatda qurib bitkaziladi. Tezroq qurilishi evaziga quruvchining xarajatlari kamayadi hamda aholiga qisqa fursatda va arzonroq bo‘lgan narxlarda topshirish mumkin.

Qurilish jarayonida karkas armaturalari to‘qib kelinadi va beton mahsulotlari bir vaqtning o‘zida olinadi. Betondagi uzilishlar yo‘qligi tufayli seysmik jihatdan baquvvat obektga aylanadi. Oddiy qurilish obekti 6-7 ball bo‘lgan zilzilaga chidamli hisoblansa, monolit uslubidagi uylar 9 ballgacha zilzilaga bardosh bera oladi. 

Mavzuga oid
Top