Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondidan foydalaniş va uni tasarruf etiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Nizom 2024 yil 1 iyuldan kuçga kiradi. Davlat uy-joy fondidan foydalanişga arizalar faqatgina davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali qabul qilinadi.
Quyidagilar uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan fuqarolar hisoblanadi:
- turar joy maydoniga ega bölmagan yoki yaşaş uçun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinçalik uylar, avariya holatidagi uylar, yertölalar)da yaşovçi fuqarolar;
- har bir oila a’zosi 16 kvadrat metrdan, kreslo-aravaçada harakatlanadigan nogironligi bölgan şaxslar uçun 23 kvadrat metrdan kam bölgan turar joy bilan ta’minlanganlar;
- yotoqxonalarda, işlab çiqariş va xizmat xonalarida yaşovçilar, bundan mavsumiy va vaqtinçalik xodimlar, şuningdek, öqişlari sababli yotoqxonalarga köçib ötgan fuqarolar mustasno;
- qarindoşlik aloqalari bölmagan ikki va undan köp oila bölib bir kvartirada yaşovçilar;
- ayrim surunkali kasalliklarning oğir turlari bilan kasallangan fuqarolar;
- uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida 3 yil yaşayotgan va röyxatda turgan fuqarolar.
Quyidagilar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar hisoblanadi:
- 1941-1945 yillardagi uruş faxriylari va baynalmilal jangçilar;
- şartnoma böyiça harbiy xizmatdan zaxiraga böşatilgan yoki iste’foga çiqqan harbiy xizmatçilar;
- ayrim surunkali kasalliklarning oğir turlari bilan kasallangan fuqarolar;
- köp bolali oilalar;
- çin yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar;
- uç nafar va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila a’zolari bölgan, boquvçisini yöqotgan oilalar;
- işlamaydigan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar;
- keksayib qolgan yolğiz pensionerlar - yolğiz yaşaydigan keksalar, voyaga yetmagan bolalar yoxud qamoqda va jazoni ijro etiş muassasalarida, uzoq muddat davolanişda bölgan şaxslar bilan birga yaşaydigan özgalar parvarişiga muhtoj bölgan pensiya yoşidagi şaxslar (60 yoşga yetgan erkaklar, 55 yoşga yetgan ayollar);

















