07:52 / 11.11.2021
3411

Turkiya O‘zbekistonda tashkil etilgan xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 321 ta korxona yangi tashkil etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni bo‘yicha Turkiya yetakchilik qilmoqda (321 ta).

Xorijiy kapital ishtirokidagi yangi korxonalar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlardan Rossiya (296 ta) va Xitoy (219 ta) joy oldi. 

Shuningdek, korxonalar ro‘yxatida Qozog‘iston (166 ta) hamda Koreya (80 ta) bor.

Avvalroq, Rossiya o‘zbekistonlik migrantlar uchun asosiy mehnat bozori bo‘lib qolayotgani xabar berilgandi.

Top